28 may 11:40
Yangiliklar

"Rolan Garros". Daniil Medvedev ilk davradayoq 81-raketkaga yutqazib qo'ydi
Dunyoning 11-raketkasi Daniil Medvedev birinchi bosqichda ATP reytingida 81-pog'onani egallab turgan britaniyalik Kemeron Norriga 5/7, 3/6, 6/4, 6/1, 5/7 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Norri tennischilarning o'zaro beshinchi uchrashuviga kelib ilk bor Daniilni mag'lub etishning uddasidan chiqdi - 1:4.
Uch soatu 53 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 16, Norri esa 1 tagina eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham breyklar soni 6 tadan bo'ldi. Medvedev faoliyatida oltinchi bor "Rolan Garros" turnirining ilk davrasidayoq mag'lubiyatga uchradi. Bungacha u 2017 yildan 2020 yilgacha, shuningdek, 2023 yilda ham aynan startdayoq yutqazib qo'ygandi.
Yaxshigina shov-shuv ko'targan Norri esa endi ikkinchi davrada Federiko Agustin Gomesga qarshi kortga chiqadi. Argentinalik tennischi o'z o'rnida birinchi bosqichda merikalik Aleksandar Kovachevichdan ustun keldi - 4/6, 6/4, 6/4, 6/1.
Fikrlar