02 iyu 17:40
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/301768_220.jpg)
"Rolan Garros". Daniil Medvedevning yurishi davom etmoqda
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Daniil Medvedev "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Franciya Ochiq chempionatining to'rtinchi davrasiga yo'l oldi.
Rossiyalik tennischi uchinchi bosqichda ATP reytingida 34-o'rinni egallab turgan chexiyalik Tomash Maxachni qiyinchilik bilan mag'lub etdi - 7/6(4), 7/5, 1/6, 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0.
Uch soatu 23 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 14, Maxach 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar g'olib tennischida ko'proq bo'ldi - 9 ga 2. Ikkala tennischi ham 5 tadan breykka erishgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar