02 iyu 07:53
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Dunyoning birinchi raketkasi 1/4 finalda
Franciya poytaxti Parij shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirida 1/4 finalchilar aniqlanmoqda.
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko 1/8 finalda WTA reytingida 16-pog'onani egallab turgan amerikalik Amanda Anisimovani 7/5, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Arina tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon ortda qolmoqda - 3:5.
To'qson uch daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 11, Anisimova 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Amandada ko'proq bo'ldi - 5 ga 3. Endi belaruslik tennis malikasi yarim final chiptasi uchun xitoylik CHjen Cinvenga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar