01 iyu 13:53
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Dunyoning birinchi raketkasi raqibiga uchtagina geym berdi
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri davom etmoqda.
Dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner uchinchi davrada ATP reytingida 34-o'rinda borayotgan chexiyalik Irji Lexechkaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/0, 6/1, 6/2. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0.
To'qson besh daqiqa davom etgan bahsda ikkala raketka ustasi ham 3 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Sinner qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik ham tabiiiyki, u tomonida bo'ldi - 7 ga 0! Endi italiyalik tennischi 1/8 finalda rossiyalik Andrey Rublyovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar