25 may 07:46
Yangiliklar
"Rolan Garros"da ilk koronavirus holati aniqlandi, tennichi ilk davrada g'alaba qozongandi
"Rolan Garros" turnirida ilk koronavirus holati aniqlandi. CHexiyalik Mari Buzkovaning ikkinchi davra oldidan koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija bergan. Buning natijasida uning belgiyalik raqibasi Elize Mertens kurashsiz uchinchi bosqichga yo'l oldi.
"Afsuski, shunday bo'lib qoldi. Koronavirusga topshirgan birinchi tahlilim ijobiy chiqdi. Endi yakkalik va juftlik uchrashuvlarida ishtirok eta olmayman. Parijni bunday sabab bilan tark etish juda alamli. Nachora, bu hayot. O'ylaymanki, tez orada yana kortga qaytaman", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Buzkova.
Malumot uchun, Mari Buzkova musobaqaning birinchi davrasida rossiyalik Anastasiya Gasanovani mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar