07 iyu 17:25
Yangiliklar
Tennis
Roland Garros. Aleksandr Zverev chorak finalga chiqdi
Jahonning oltinchi raketkasi, germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev Franciya Ochiq chempionatining 1/8 finalida reytingda 49-o'rinni egallab turgan Kei Nishikoriga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 57 daqiqa davom etgan uchrashuvda Zverev yaponiyalik raqibini 6/4, 6/1, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi. Zverev tennischilarning shaxsiy uchrashuvlarida peshqadam bo'lib qolmoqda - 5:1.
Musobaqaning chorak finalida Zverev ispaniyalik Alexandro Davidovich Fokinaga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar