01 fev 18:32
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				
				
			
				Ronald Arauxoni yozda 930 mln. evro arzonga sotib olish mumkin
Ronald Arauxoning shartnomasida pasaytirilgan tovon puli bandi mavjud.
			Himoyachi yanvar oyida "Barselona" bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan bitimga imzo chekdi. Kelishuv bo'yicha futbolchining tovon puli 1 mlrd. evroni tashkil qiladi.
Ammo unga qiziqish bildirgan klublar futbolchini 70 mln. evroga sotib olishi mumkin. Ammo bu narx faqat 2025 yilning 1 iyulidan 10 iyuligacha amal qiladi.
SHartnomani uzaytirishdan asosiy maqsad Arauxo jamoani qishda tark etmasligi edi.
SHu sababli bitimda futbolchi yozgi transfer oynasida "Barselona"ni tark etishiga imkoniyat yaratib berilgan.
            Havola            :         
                    Manba                : Marca
            
			
Fikrlar