08 fev 10:57
Yangiliklar
Ronaldu "Al-Nassr" rahbariyatiga shart qo'ydi
Manba malumotiga ko'ra, portugaliyalik yulduz klubning transfer siyosatidagi holatdan norozi. Uning fikricha, masullar jamoa tarkibini kuchaytirishga qasddan etibor qaratmayapti hamda resurslarni "Al-Hilol"ni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirib, jamoaning chempionlikni qo'lga kiritishini taminlashga urinmoqda.
Ronaldu bunday holatga toqat qilmasligini bildirib, o'zgarishlar eng yaqin transfer oynasidayoq amalga oshirilishini talab qilgan. Aks holda, u Saudiya Arabistonini tark etishga tayyorligini aytgan.
"Agar yozgi transfer davrida talablarim bajarilmasa, men ketaman", — deya takidlagan Ronaldu.
Qayd etilishicha, futbolchining "Al-Nassr"da faoliyatini davom ettirishi uchun asosiy shart — jamoa tarkibini haqiqiy kuchaytirish va jamg'arma rahbariyati tomonidan klublarga nisbatan teng munosabat taminlanishi hisoblanadi.
Avvalroq portugaliyalik futbolchi o'z klubining ikki o'yinini boykot qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar