02 fev 09:37
Yangiliklar
Futbol
Ronaldu "Al-Nassr"dagi vaziyatdan norozi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr"dagi mavjud vaziyatdan norozi bo'lib, jamoa o'yinlarida ishtirok etishdan bosh tortmoqda.
Malumotlarga ko'ra, Ronaldu "Al-Nassr"ning navbatdagi uchrashuvini o'tkazib yuborishni rejalashtirmoqda. Krishtianu Saudiya Arabistoni Davlat investiciya jamg'armasining klubni boshqarish uslubidan norozi. SHuningdek, portugaliyalik futbolchi "Al-Nassr"ga etarlicha investiciya kiritilmayotganidan shikoyat qilyapti.
Ronalduning fikricha, klub rahbariyati "Al-Nassr" manfaatlariga zarar etkazmoqda, ayniqsa transfer bozorida ancha faol harakat qilayotgan "Al-Hilol" bilan solishtirilganda.
Malumot o'rnida, Krishtianu Ronaldu 2023 yildan beri "Al-Nassr" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Havola :
Fikrlar