09 okt 12:26
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu dunyo tarixidagi birinchi milliarder futbolchiga aylandi
Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” klubi portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliarderga aylangan birinchi futbolchi bo'ldi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
40 yoshli portugalning boyligi 1,4 milliard dollarga baholanmoqda. U jamoasi bilan tuzgan yangi shartnoma bo'yicha yana umumiy hisobda 400 million dollar ishlab oladi.
SHu tariqa, Ronalduning boyligi ilk bor indeksga kiritildi va sport olamining eng daromadli futbolchisi sifatida tan olindi.
Ronaldu futboldagi daromadidan tashqari, Nike, Armani va Castrol kabi katta kompaniyalar bilan tuzgan shartnomalari orqali ham yaxshigina pul ishlab oladi. SHuningdek, u CR7 brendi orqali mehmonxona, kiyim-kechak va yana boshqa bir nechta tarmoqlarga egalik qiladi.
Havola :
Fikrlar