04 mar 08:09
Yangiliklar
Futbol
Ronaldu haqidagi xabar yolg'on bo'lib chiqdi (FOTO)
"Al Nascr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistonini tark etgani haqidagi xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
Buni o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida mashhur insayder Fabricio Romano malum qildi.
"Xalqaro OAVda Krishtianu Ronaldu oilasi bilan birga Saudiya Arabistonini tark etgani haqidagi xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Bu feyk, chunki Krishtianu hozir "Al Nacsr"ning mashg'ulot bazasida so'nggi o'yindagi muammodan keyin davolanmoqda. Krishtianu Madridga qaytish uchun Saudiya Arabistonini tark etmagan"», — deb yozdi Romano.
Avvalroq 41 yoshli portugaliyalik futbolchi Yaqin SHarqdagi qurolli mojaro tufayli oilasi bilan birga xususiy samolyotda Saudiya Arabistonidan shoshilinch ravishda uchib ketgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Havola :
Manba : x.com/FabrizioRomano
Fikrlar