So’nggi yangiliklar

09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0

25 avg 16:53
Yangiliklar

Futbol

Ronaldu “MYU”ni tark etadimi? “Barsa” kimni sotadi? SHomurodovchi? Yozgi transfer oynasi yopilishidan oldingi asosiy intrigalar

Yozgi transfer oynasi yopilishiga bir hafta qoldi.

Bu vaqt ichida juda ko'p qiziqarli voqealar sodir bo'lishi mumkin, shuning uchun Championat.asia ushbu mavsum oralig'idagi asosiy intrigalar ro'yxatini taqdim etadi.

Ronaldu MYUni tark etadimi?
Butun yoz davomida Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar cerial kabi davom etib keldi. OAV portugaliyalikni ko'p joylarga yubordi. Jumladan, "Bavariya", "Atletiko", "Borussiya", "Inter" va hatto uning vatani "Sporting"ga. Ronalduning asosiy istagi CHempionlar ligasida o'ynash bo'lgan, o'tgan mavsum yakunida "qizil iblislar" bunga erisha olmagan.

Ammo hozircha Ronaldu Manchesterda qolmoqda. Kuni kecha yulduz hujumchining qaroriga uning sobiq "Real"dagi sherigi Kazemironing "Manchester Yunayted"ga kelishi tasir qilishi mumkinligi haqida malumot paydo bo'ldi. Bu klub rahbariyatining ayyor qarori bo'lsa kerak: braziliyalikning xaridi evaziga jamoa qo'llab-quvvatlash zonasida ajoyib o'yinchiga ega bo'ldi va Krishtianuning qolish imkoniyati oshdi. Bunday futbolchi yoshi boshqalarga qaraganda katta bo'lsa ham har qanday jamoaga qo'l kelishi aniq.

Bu erda Ronalduning o'zining kayfiyati muhimroq, chunki hozircha "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag portugaliyalikga unchalik ishonmaydi. Krishtianu o'yin amaliyotining kamligidan xursand bo'lishi dargumon. Manchesterda ular bu holatda Ronaldu kiyim almashtirish xonasidagi muhitni buzishidan qo'rqishadi. Biroq, bu muammoni hal qilish uchun kamroq va kamroq vaqt bor.



"Manchester Yunayted" De Yongni sotib oladimi?
"Manchester Yunayted" bilan bog'liq yana bir intriga. Gollandiyalik futbolchi "Barsa"da unga qo'yilgan umidlarni to'liq oqlay olmadi. Qolaversa, kataloniyaliklarda yosh yulduzlar bor edi - Gavi va Pedri. "Barselona" bosh murabbiyi Xavi ularga de Yongdan ko'ra, ko'proq ishonayotganga o'xshaydi. Frenki uchun asosiy davogarlardan biri esa "Manchester Yunayted".

Biroq “qizil iblislar”ning niderlandiyalikning vakillari bilan muzokaralari to'xtab qoldi. Aytish joizki, @Manchester Yunayted"ning de Yongga bo'lgan qiziqishi saqlanib qolishi haqidagi malumotlar boshqacha talqin qilinmoqda. Jumladan, bazilarning aytishicha, Kazemiro sotib olinganidan keyin ham kelishuvga erishishi qiyin kechadi. Yana bir boshqa manbalar Frenki hali ham Manchesterga ko'chib o'tishi mumkinligini davo qilmoqda. Deylik, "Manchester Yunayted" de Yong bilan kelisha olmasa, unda klubda zaxira varianti bor. Gap "Yuventus"da to'p tepayotgan Adrien Rabo haqida bormoqda.



“Barsa” kimni sotadi?
Kataloniyaliklarda de Yongdan tashqari muammolar ham bor. Yaqin vaqtgacha Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirishga qurbi etmagan “Barselona”da kutilmaganda pul topib oldi.
Yozda klub ko'plab yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi: Rafinya, Robert Levandovski, Frank Kessie, Andreas Kristensen va Jyul Kunde. Ammo Kundeni ro'yxatdan o'tkazishda hamon muammo bor. Bunga "Barselona"ning maosh chegarasidan oshib ketgani sabab bo'ldi.

Kundeni ro'yxatdan o'tkazish uchun kataloniyaliklar 20 million evroni "bo'shatishlari" kerak. Bu shuni anglatadiki, klub o'z futbolchilaridan birini sotishi kerak. "Barsa"ni de Yongdan tashqari Memfis Depay va Per-Emerik Obameyang ham tark etishi mumkin. Depayga "Yuve"dan taklif bor edi, biroq Turin klubi diqqat etiborini Arkadiush Milikka qaratdi va Obameyangning "CHelsi" bilan muzokaralari to'xtab qoldi.

Agar Kataloniya klubi yuqoridagi futbolchilarni sota olmasa, Kunde tekinga ketadi. Yozda u 50 million evro evaziga "Sevilya"dan "Barsa"ga o'tgan ko'chib o'tgandi.



Rafael Leau qaerga ketadi?
Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsum “Milan” safida ajoyib ko'rsatkichlarni qayd etdi. Italiya chempionatida 34 ta o'yin, 11 ta gol va 10 ta golli uzatma. Bu bilan Leau A seriyaning eng yaxshi futbolchisiga aylandi va uning bozordagi qiymati 25 million evrodan 70 million evroga ko'tarildi (Transfermarkt malumotlariga ko'ra). Bundan tashqari, Rafael “Oltin to'p”ga davogarlar o'nligidan joy oldi.

Albatta, Leauning bunday darajada o'sishini Evropaning etakchi klublari ham payqagan. Braziliyalik futbolchiga birinchi bo'lib "Real Madrid" qiziqish bildirgandi, ammo ispaniyaliklar tomonidan rasmiy taklif bo'lmagan. Hozirda Rafaelning «CHelsi»ga o'tishi mumkinligi haqida gap ketmoqda.

"Aristokratlar" ning asosiy quroli - moliyaviy sharoit. Leau yiliga 7 mln evro maosh olmoqchi. Taqqoslash uchun, Leauning "Milan" bilan amaldagi shartnomasiga ko'ra maoshi1,5 mln evroni tashkil qiladi. Rossonerilar uchun bunday shartlarni bajarish juda qiyin bo'ladi. Balki aynan Rafael "CHelsi"ning hujum chizig'ini kuchaytiradi, u erda Lukaku va Verner ketganidan keyin profil hujumchilari deyarli qolmadi.



SHomurodov faoliyatini qaerda davom ettiradi?
Ammo o'zbekistonlik barcha futbol ishqibozlarini o'ylantirayotgan asosiy savol – Eldor SHomurodov joriy mavsum qaerda o'tkazadi? Yozgi transfer oynasi yopilishiga oz fursat qoldi, Eldor hamon “Roma”da.

U erda SHomurodovning ishlari biz xohlagandek silliq ketayotgani yo'q. “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino o'zbekistonlik hujumchiga unchalik ham ishonmayapti. Portugaliyalik mutaxassis qo'l ostidagi 40 uchrashuvda Eldor bor-yo'g'i 8 marta maydonga tushdi. SHu bilan birga, SHomurodov beshta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Mavsum oralig'ida Eldor xizmatiga "Torino", "Bolonya" va hatto "Vulverxempton" ham qiziqish bildirayotgani haqida malumot paydo bo'ldi. SHomurodov “Roma”ni sotib olish opsiyasi bilan ijara asosida tark etishi kutilgandi. Ammo Eldor Rimda qolar ekan, u erda Paulo Dibalaning kelishi bilan o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga ishonish yanada qiyinlashdi. Bundan tashqari, «Torino»ning sobiq hujumchisi Andrea Belotti "Roma"ga o'tishga yaqin turibdi.

Agar SHomurodovni kimdir o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lsa, uni ijaraga olishi kerak. Unga muhim joy sifatida A Seriya klubini tavsiya qilish mumkin, chunki u Italiya chempionatiga yaxshi moslashgan. Buni amalga oshirish uchun Eldor va uning agentlarida atigi bir hafta vaqt qoldi.


Nikolay Egorichev

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing