29 mar 11:25
Yangiliklar
Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatidagi eng omadsiz hujumchi bo'lib turibdi
SofaScore malumotlariga ko'ra, portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionatida qo'ldan boy berilgan imkoniyatlar bo'yicha etakchilik qilmoqda. Xususan, Ronaldu 20 ta golli vaziyatdan foydalana olmagan.
19 ta vaziyatni ko'kka sovurgan “Al Hilol” hujumchisi Aleksandr Mitrovich esa Krishtianudan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda. “Al Ittifoq” hujumchisi Mussa Dembele esa 15 imkoniyatni golga aylantira olmasdan, kuchli uchlikni yakunlab bergan.
SHunga qaramay, Ronaldu joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi — 22 uchrashuvda 23 ta gol.
Umuman olganda, joriy mavsumda Ronaldu “Al Nassr” safida barcha turnirlarda 36 ta o'yin o'tkazib, 34 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar