04 sen 15:26
Yangiliklar
Futbol

Rossiya – Iordaniya uchrashuvini o'zbekistonlik hakamlar boshqaradi
RFI rasmiy saytining xabar berishicha, Rossiya va Iordaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Uchrashuvning bosh hakami OFK hakamlarining elit toifasiga kiruvchi o'zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev hisoblanadi. Unga FIFA yon hakamlari Andrey Capenko va Timur Gaynullin yordam beradi. Zaxira hakami rossiyalik Egor Egorov bo'ladi.
Bahs 4 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da Moskvadagi "Lukoyl Arena" stadionida start oladi. O'yin FIFA reytingida hisobga olinadi.
Havola :
Manba : Спорт-Экспресс
Fikrlar