08 apr 14:36
Yangiliklar
Tennis
Rossiya va Belarus sportchilarining Uimbldondagi ishtiroki bo'yicha qaror may oyida elon qilinadi
Uimbldon tashkilotchilari Buyuk Britaniya sport vazirligi buyrug'isiz Rossiya va Belarus sportchilarining musobaqada ishtirok etomasligi haqidagi malumotga izoh berishdi.
"May oyi o'rtalarida, arizalarni qabul qilish muddati tugagunga qadar o'z qarorimizni elon qilamiz. Buyuk Britaniya hukumatining Rossiya va Belarus sportchilarining mamlakat hududidagi musobaqalarda neytral maqomda ishtirok etishi haqidagi ko'rsatmalariga etibor qaratamiz.
Biz hali ham Buyuk Britaniya hukumati, maysali tennis associaciyasi va xalqaro tennis boshqaruv organlari bilan muzokaralar olib bormoqdamiz”, — deyiladi AELTC bayonotida.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar