22 mar 14:26
Yangiliklar

Rossiyalik tennischilar ketma-ket uch hafta ATP turnirlarida g'olib chiqishmoqda
Rossiyalik tennischilar ketma-ket uch hafta davomida ATP musobaqalarida g'olib chiqishmoqda.
Avvaliga Andrey Rublyov Rotterdamda, keyin Daniil Medvedev Marselda, endi esa Aslan Karacev Dubayda g'oliblikni qo'lga kiritdi.
SHuningdek, bu uch tennischi ATPning so'nggi etti yirik turnirida g'olib bo'lishdi: Rublyov Sankt-Peterburg, Vena, Rotterdam va Gamburgdagi ATP 500 da, Medvedev Parijdagi "Masters" va ATP Final turnirida, Karacev esa Dubaydagi ATP 500 musobaqasida chempionga aylandi.
Novak Jokovich va Rafael Nadal "Katta Dubulg'a" turkumidagi ikki turnirda g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lsada, ammo u turnirlar ITF tasnifidagi musobaqa hisoblanadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar