18 iyu 09:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik UFC jangchisi raqibasini elon qildi + FOTO
Rossiyalik UFC jangchisi Yana Kunickaya navbatdagi jangida kimga qarshi oktagonga chiqishini malum qildi.
U o'zining Instagram sahifasiga jang sanasini yozgan va raqibasi bilan kollaj suratni joylagan.
"Mana biz. Men va Ketlin Vieyra. Jang 1 avgust kuni o'tkaziladi", — deya surat ostida izoh qoldirgan Yana.
Malumot uchun, 30 yoshli Yana Kunickaya 2009 yili aralash jang qoidalarida debyut qilgan. Uning hisobida 12 ta g'alaba va 5 mag'lubiyat bor. Yana bir jang o'tkazilmagan deya topilgan. U taekvondo, muaytay, greppling bo'yicha Rossiya chempioni, MMA BUSHIDO FC promoushenida jahon chempioni, qo'l jangi, kikboksing va taekvondo bo'yicha bir necha xalqaro turnirlar g'olib va sovrindori hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar