04 noy 16:02
Yangiliklar
Tennis
Rublyov Parij "Masters"dagi ishtirokini yakunladi
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi bo'lib turgan Andrey Rublyov uchun Parij "Masters" turniri yakuniga etdi.
Rossiyalik tennischi ATP reytingida 18-pog'onada borayotgan daniyalik Xolger Runega 4/6, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Bir daqiqasi kam bir yarim soat davom etgan bahsda Rublyov 9, Rune 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Xolger faoliyatida ilk bor "Masters" turnirlarining 1/4 finaliga chiqdi va bu bosqichda dunyoning birinchi raketkasi, ispaniyalik Karlos Alkarazga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar