14 fev 14:15
Yangiliklar
Tennis
Rublyov Rotterdamda muvaffaqiyatli start oldi
Niderlandiyaning Rotterdam shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning beshinchi raketkasi Andrey Rublyov ilk uchrashuvida ATP reytingida 132-pog'onada borayotgan belgiyalik Zizu Bergsni 7/5, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi.
Rossiyalik tennischi 93 daqiqalik bahsda 3, Bergs esa 8 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Zizuda ko'proq bo'ldi - 4 ga 2. Rublyov ikkinchi bosqichda kanadalik Feliks Ojega qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar