17 noy 13:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Ruis yaxshiroq moslashish uchun Saudiyaga ertaroq keladi
Superog'ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF kamarlari sohibi Endi Ruisning qachon Saudiya Arabistoniga kelishi malum bo'ldi.
Bu haqida meksikalik chempionning ustozi Menni Robles malum qildi. Xabarda aytilishicha, Ruis jangga ikki hafta qolganida, yani 24 noyabr kuni Arabistonga uchib keladi. Uning ertaroq kelishiga arab o'lkasiga yaxshiroq moslashib olmoqchi ekanligi sabab bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Ruis 7 dekabr kuni sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga qarshi ringga ko'tariladi. Bu britaniyalik bokschi uchun revansh jangi bo'ladi. Birinchm jangda JOshua nokautga bo'lgan edi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar