07 okt 09:26
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Sabina Mahmudova Hindistondagi Osiyo chempionatida ikkinchi medalini qo'lga kiritdi
Hindistonning Ahmadobod shahrida suv sporti turlari bo'yicha Osiyo chempionatining sinxron suzish bo'yicha uchinchi kungi bellashuvlari yakunlandi.
Unda o'zbekistonlik Sabina Mahmudova bronza medaliga sazovor bo'ldi. Erkin solo dasturida chiqish qilgan hamyurtimizning yakuniy balli 184,4525 ballni tashkil etdi.
3-kun natijalari:
Ayollar o'rtasida erkin solo
Bronza: Sabina Mahmudova – 184,4525 ball.
Eslatib o'tamiz, Sabina avvalroq, musobaqa doirasida texnik solo dasturida kumush medalni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : aquatics.uz
Fikrlar