12 fev 17:29
Yangiliklar

Sabina SHaripova juftlikda bosh sovrin uchun kortga chiqadi
Xabar berganimizdek, musobaqada muvaffaqiyatli odimlayotgan tennischimiz Sabina SHaripova yakkalikda yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. U mezbon tennischi Jibek Kulambaevadan 4/6, 6/1, 6/1 hisoblarida mag'lub etgan edi.
Endi hamyurtimiz final yo'llanmasi uchun kechadigan bahsda rossiyalik Anastasiya Tixonovaga qarshi kortga chiqadi. SHaripova WTA reytingida 377, Tixonova esa 700-o'rinni egallab turibdi.
SHuningdek, biroz avval Sabina ushbu turnirning juftlik bahslarida ham uchrashuv o'tkazdi. Rossiyalik Ekaterina Kazionova bilan juftlik hosil qilgan tennischimiz final yo'llanmasi uchun mezbon tenischilar - Gozal Aynitdinova/ Jibek Kulambaeva hamkorligiga qarshi kortga chiqdi va 6/2, 7/6, 10/7 hisoblarida g'alaba qozondi.
Ertaga turnirning juftlik bahslarida bosh sovrin egalari aniqlanadi. Final bahsida SHaripova/ Kazionova tandemi rossiyaliklar Noel Saidenova/ Darya Mishina juftligiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar