09 fev 17:41
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Qozog'istondagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Qozog'istonning CHimkent shahrida mukofot jamg'armasi 15000 AQSH dollarni tashkil qiladigan ITF tasnifiga kiruvchi "W15 Shymkent" turniri o'tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etmoqda.
Turnirning juftlik bahslarida rossiyalik Ekaterina Kazionova bilan birinchi raqam ostida juflik hosil qilgan SHaripova ukrainalik Marina Bergen/Lyubov Kostenko jufligiga qarshi kortga chiqdilar.
O'yinda Sabina SHaripova va uning sherigi 6/1, 6/4 hisobida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, Sabina SHaripova ushbu turnirning yakkalik bahslarida ham ishtirok etmoqda. Birinchi raqam ostida saralangan SHaripovaning asosiy to'rdagi raqibi saralash bahslaridan so'ng malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar