09 fev 15:12
Yangiliklar
Sabr tugadimi? APL klubi rahbariyati murabbiyni ishdan bo'shatmoqchi
BBC malumotlariga ko'ra, klub ichida Daychga nisbatan bosim tanqidiy darajaga etgan. Manbalar murabbiyni qatiy qo'llab-quvvatlash endilikda u qadar mustahkam emasligini takidlamoqda. Rahbariyat jamoaning "Elland Roud"dagi o'yinda taslim bo'lganidan juda norozi.
Eslatib o'tamiz, "Lids" va "Nottingem" o'rtasidagi bahs "Forest" jamoasi uchun falokatli kechdi: 86-daqiqaga kelib, Bogl, Okafor va Kalvert-Lyuinning gollaridan keyin hisob 0:3 edi. Faqat uchrashuv oxirida Lorenco Lukkaning debyut goli jamoa uchun tasalli bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, SHon Daych "o'rmonchilar"ni 2025 yilning oktyabrida Ange Postekogludan keyin qabul qilib olgandi. SHu vaqt ichida u jamoa bilan 24 o'yin o'tkazib, 10 ta g'alaba, 5 ta durang va 9 ta mag'lubiyat qayd etdi.

Fikrlar