23 iyu 13:07
Yangiliklar
Sadullaeva CHexiyada mavsum etakchilari bilan mardonavor bellashdi
Unda Evropaning ko'zga ko'ringan atletlari bilan g'oliblik uchun bahs olib borgan hamyurtimiz Safina Sadullaeva bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Balandlikka sakrash dasturida qatnashgan sirdaryolik yurtdoshimiz 1.91 metr balandlikdan o'tib, uchinchi natijani qayd etdi. Etiborlisi, unda g'alaba qozongan ukrainalik Yaroslava Magichux musobaqada 2.03 metrni zabt etib, o'ziga tegishli bo'lgan jahon bo'yicha mavsumning eng yaxshi natijasini 2 smga yaxshiladi. Ikkinchi o'rin 1.97 metrgacha katta zaxira bilan kelib, qolgan urinishlarda omadsizlikka uchragan boshqa bir ukrain atleti Irina Gerashenkoga nasib etdi.
Sadullaeva bahslar davomida dastlab 1.84, so'ng 1.88 va 1.91 metr balandlikni bir urinishda ortda qoldirdi. Ammo 1.94 metrlik planka Safinaga “bo'yin egmadi” va sportchimiz bronza medali sohibasiga aylandi. Ahamiyatlisi, bu hamyurtimiz uchun mavsumdagi eng yaxshi natija bo'ldi.
“ROČNÍK BRNĚNSKÉ LAŤKY OLYMPIE” turniri
Balandlikka sakrash, ayollar:
1. Yaroslava Magichux (Ukraina) – 2.03 metr
2. Irina Gerashenko (Ukraina) – 1.97
3. Safina Sadullaeva (O'zbekiston) – 1.91
Fikrlar