So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

15 apr 18:02
Yangiliklar

Boshqalar

Saida Mirziyoeva: Og'ir ahvolda qolganlarga dalda bo'layotgan hamma-hammadan behad minnatdormiz

Bugungi tahlikali kunlarda o'n minglab odam bir-biriga yordam qo'lini cho'zmoqda, qalbining bir parchasini berib, bir-birini qo'llab-quvvatlamoqda.

Og'ir ahvolda qolganlarga dalda bo'layotgan hamma-hammadan behad minnatdormiz. Fondimiz ham bu ishlarda faol ishtirok etmoqda.

Ammo pandemiya muhtoj insonlarga ko'mak berish masalasiga boshqacha ko'z bilan qarashga bizni majbur qildi. Yordam berish jarayonida salbiy oqibatlar keltirib chiqarmaslik, yani imkon qadar “bevosita muloqot qilmaslik” qoidasiga rioya qilish zarur edi. SHu tariqa “Xavfsiz Yordam” loyihasi paydo bo'ldi.

Biz karantin tufayli moddiy ahvoli og'irlashgan ayollar uchun mingta Uzsard kartasini tayyorlatdik va Jamoat fondi hisobidan bir milliard so'm o'tkazdik. Butun respublika bo'ylab ijtimoiy himoyaga muhtoj, farzandlarini yolg'iz tarbiya qilayotgan, ishsiz qolgan ming nafar ayol tanlab olindi. Ularning ro'yxatini tuzishda bir qator tashkilot va ko'ngillilar jamoalari, xususan, O'zbekiston Respublikasi Gender tenglikni taminlash masalalari bo'yicha komissiyasi, Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarlik va profilaktika bo'limi, Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vazirligi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi yaqindan yordam berdi. Zero, kim birinchi navbatda ko'makka muhtoj ekanligi aynan ularga malum.

Mingta karta degani – dengizdan tomchi xolos, ammo biz ushbu tashabbus boshqalarga ham ibrat bo'ladi, degan umiddamiz. Kartadagi million so'm malum muddat ro'zg'or tebratishga imkon beradi.

Mazkur loyihaga hissasi qo'shilgan, bizga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. O'n kun davomida mingta kartaning har bittasi o'z sohibasiga etkaziladi.

Bugun butun dunyoda bo'lgani kabi bizda ham iqtisodiy inqiroz yuz bermoqda. Ammo aynan shunday sinovli kunlarda xalqimizni jipslashtiradigan eng ajoyib takliflar va eng zo'r g'oyalar tug'ilishiga mening ishonchim komil.

Saida MIRZIYOEVA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing