12 apr 14:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Salvadorlik istedodli bokschi qurolli hujum qurboniga aylandi
Salvadorlik bokschi Aleksis Navidad qurolli hujum qurboniga aylandi deb xabar bermoqda Essentially Sports.
Xabarda aytilishicha, ushbu noxush voqea Salvador poytaxti San-Sebastyan shahrida ro'y bergan. Qurolli to'qnashuv aynan 22 yoshli bokschi yashaydigan uy yonida sodir bo'lgan.
Daydi o'qlarning biri Navidadga kelib tekkan. Natijada u kasalxonada vafot etgan. Otishmada yana ikki kishi yaralangan. Aleksis hech qanday jinoiy guruhlarga azo bo'lmagan. U 14 yoshidan boks bilan shug'ullanib kelayotgandi. Navidad professional ringda bitta jang o'tkazgan bo'lib, 2017 yilda vatandoshi Antonio Galeanoni mag'lubiyatg uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar