07 okt 14:17
Yangiliklar
Dzyudo

Samariddin Muxibiddinov Jahon chempionati sovrindori!
Peru poytaxti Lima shahri mezbonlik qilayotgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari ham terma jamoamiz uchun omadli keldi.
Musobaqaning o'g'il bolalar o'rtasidagi -81 kg vazn toifasi bellashuvlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Samariddin Muxibiddinov bronza medaliga sazovor bo'ldi. U uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda niderlandiyalik Joshua De Longni mag'lubiyatga uchratdi.
SHu tariqa, jahon chempionatida shohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz uch nafarga etdi: Laziza Haydarova (-48 kg), Camariddin Qo'chqorov (-60 kg), Samariddin Muxibiddinov (-81 kg).
-81 kg vazn toifasi g'olib va sovrindorlari:
1. Akita Haru (Yaponiya)
2. Axmed Turliev (IJF)
3. Mixaylo Simin (Serbiya)
3. Samariddin MUXIBIDDINOV (O'ZBEKISTON)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar