16 apr 15:54
Yangiliklar
Osiyo chempionatining ilk kuni 3 ta medalga ega chiqdik
Bugun 5 dzyudochimiz bahslarga kirishgan bo'lsa, ulardan 3 nafari yakunda shohsupaga ko'tarildi. Finalga etib kelgan Laziza Haydarova (-48 kg) va Sita Kadambaeva (-52 kg) mos ravishda mo'g'ulistonlik raqibalari Jamsran Anudari hamda Nandin-Erdene Myagmarsurenga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo'lga kiritishdi.
Samariddin Qo'chqorov (-60 kg) esa uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda qozog'istonlik SHerzod Davlatovni mag'lubiyatga uchratib, bronza medaliga sazovor bo'ldi. Zamohshari Bekmurodov (66 kg) esa bronza medali uchun bahsda koreyalik Kim CHan Nyongga yutqazib, 5-o'rin bilan kifoyalandi.
Kumush medal sohiblari:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Sita Qadamboeva
Bronza medal sohibi:
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov



Fikrlar