So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

17 mar 14:14
Yangiliklar

Ot Sporti

Samarqandda ko'pkari bo'yicha jahon chempionati o'tkazilmoqda

Ayni daqiqalarda Samarqand viloyatining Jomboy tumanida ko'pkari bo'yicha jahon chempionati o'tkazilmoqda.

Unda qo'shni Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Afg'onistondan kelgan qariyb 300 nafar chavandoz yurtimiz polvonlari bilan birgalikda jahon chempionligi uchun kurashadi.

Nima uchun “Ko'pkari” deyiladi, bilasizmi? 

Qadimda ota-bobolarimiz ko'proq ov bilan shug'ullanishgan.

Kichkinaliklaridan ot chopishni, kamon, nayza otishni mukammal o'rganishgan. Bobolarimiz bo'rilarni ovlab qaytayotganlarida eng katta ko'k bo'rini, etibor bering, KO'K BO'RIni bir-birlari bilan talashib, ot choptirib kelisharkan. Qishloqqa kirishda ko'k bo'ri kimda qolsa, u shuniki bo'larkan. Mana shu o'yinni ajdodlarimiz “Ko'kbo'ri o'yini”, deyishgan. 

Zamonlar o'tib, bo'rining o'zi anqoning urug'i bo'lib qolgach, ovlangan yovvoyi taka, keyinchalik xonaki takalarni talashib-tortishib o'yinni davom ettiraverishgan. Ammo o'yinning oti Ko'kbo'riligicha qolavergan. 

Bora-bora bu o'yin sport darajasiga ko'tarilib, Xalqaro turnirlar, hatto jahon chempionatlari o'tkaziladigan bo'ldi. Men Qirg'izistonda, Issiqko'l bo'yida Ko'chmanchilarning 3-Xalqaro o'yinlarida ishtirok etish baxtiga muyassar bo'ldim va bu yirik sport anjumanida ham eng ko'p tomoshabinni yiqqan va eng shiddatli kurash ketgan sport turi Ko'kbo'ri bo'lganiga guvoh bo'ldim. 

Qozoq va qirg'iz birodarlarimizda hali ham oti to'g'ri talaffuz qilinib, Ko'kbo'ri, deb yuritilayotgan bu o'yinning nomi bizda zamonlar o'tishi bilan Ko'pkari shakliga kelib qolgan. Ammo to'g'risi, bamanisi – Ko'kbo'ri. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing