So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

09 noy 16:47
Yangiliklar

Dzyudo

VI Islom Birdamligi o'yinlari. To'rt dzyudochimiz finalda, qolgan uch nafari bronza uchun kurashadi + FOTO

Yarim finalda o'ziga xos o'zbek derbisi kuzatildi: Muzaffarbek To'raboev - Alisher Yusupov hamda Umida Nig'matova - Irisxon Qurbonboeva.

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonligida o'tayotgan VI Islom Birdamligi o'yinlari doirasidagi dzyudo musobaqasining ikkinchi kungi saralash bellashuvlari yakunlanib, kechki final blokida medallar uchun tatamiga chiqadigan juftliklar malum bo'ldi. 

Quvonarlisi, bugun bahslarga kirishgan terma jamoamizning barcha 7 nafar dzyudochisi kechki final dasturida medallar uchun kurashish huquqini qo'lga kiritishdi. Ikki yarim final uchrashuvida o'zbekistonlik dzyudochilar derbisiga guvoh bo'ldik. 

Ayniqsa, og'ir vaznda Alisher Yusupov va Muzaffarbek To'raboev o'rtasidagi bahs ko'pchilikda qiziqish uyg'otdi. Parij-2024 Olimpiadasi sovrindorlarining 8 daqiqa davom etgan bellashuvida To'raboev yuko bahosi evaziga g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi. Uni oltin medal uchun bahsda yana bir Parij Olimpiadasi sovrindori, tojikistonlik tajribali dzyudochi Timur Rahimov kutib turibdi. Yusupov esa bronza medali uchun tatamiga chiqadi.    


Bronza medali uchun:

-78 kg: Marjona Ko'chimova – Gunel Hasanli (Ozarbayjon)

+78 kg: Umida Nig'matova – Sivar Dauadi (Tunis)

+100 kg: Alisher Yusupov – Emirxan Joldoshkaziev (Qirg'iz Respublikasi)


Final:

-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva – Sudaba Ag'aeva (Ozarbayjon)

-90 kg: SHahzodxo'ja SHaripov – Israpil Sagaipov (Bahrayn)

+78 kg: Irisxon Qurbonboeva – Hilal O'zturk (Turkiya)

+100 kg: Muzaffarbek To'raboev – Temur Rahimov (Tojikiston)

Suratlar muallifi - Anvar Ilyasov 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing