09 noy 13:59
Yangiliklar
Carukyan UFC gonorarlari haqida: "Deyarli hech narsa qolmaydi"
Asli kelib chiqishi armanistonlik bo'lgan aralash yakkakurash ustasi hozircha olayotgan gonorari janglarga tayyorgarlik ko'rishda o'zini va jamoasini taminlashga zo'rg'a etishini, vaziyatni esa yaxshi daromad keltiradigan homiylik shartnomalari qutqarib qolayotganini tan oldi.
"Uch yuz ming dollardan ortiq maosh olmayman. Va bu gonorar g'alaba uchungina beriladi. Yutqazgan janglarimda yuz mingdan sal ko'proq ishlaganman. Bu summaning 30% soliqqa, besh mingi zal, besh mingi murabbiyga, o'n besh mingi menejerga ketadi. Ikki-uch oy tayyorgarlik ko'rib, nolga tushasan. Deyarli hech narsa qolmaydi. Lekin yutgan bo'lsang, albatta, bonus olasan. Bu motivaciya. Homiylik shartnomalari ham bor - shundan pul topaman. Agar chempionlik kamarini qo'lga kiritsam, tabiiyki, gonorarim ham ko'proq bo'ladi, bu yozib qo'yilgan, lekin baribir million emas. Bir so'z bilan aytganda ko'ngildagidek emas", - dedi Carukyan YouTube’dagi kanalida elon qilingan videoda.
Malumot uchun, u ikki haftadan so'ng Qatarda o'tkaziladigan UFC Fight Night 265 turnirining asosiy jangida yangi zelandiyalik Den Xukerga qarshi oktagonga chiqadi.

Fikrlar