22 fev 18:25
Yangiliklar
Tadbirlar
Samarqandliklar sog'lom hayot uchun 5 ming qadam tashlashdi
Bugun erta tongdan Samarqand viloyatida “Sog'lom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni o'tkazildi.
Ommaviy yurish marafoni “Sport haftaligi” doirasidagi ommaviy sport tadbirlarining mantiqiy davomi va chinakam sport bayramiga aylanib ketdi. Tadbir avvalida “Sog'lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.
Yurish marafonida qatnashgan 3 ming nafardan ortiq samarqandlik “Registon” maydonidan Universitet xiyoboni orqali viloyat musiqali drama teatri binosigacha piyoda harakatlanib borishdi.
So'ngra marafon qatnashchilari teatr yonida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishdi. Ushbu ommaviy yurish marafoni tuman(shahar)larda ham muntazam o'tkazib kelinmoqda.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar