So’nggi yangiliklar

16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0 13:11Шаҳин кечаги қийин ғалабадан сўнг нималар деди? 0 12:40Волкановски Мовсар Евлоев устидан муддатидан олдин ғалаба қозонишни ваъда қилмоқда 0 12:09Ғиждувонда белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон Кубоги ўтказилди 0 11:38Ислам Махачев жанг қилиши кутилаётган UFC 336 турнири расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:07Моуриньо кечаги ғалабадан сўнг нималар деди? 0 10:36Aktau Asian Open 2026 турнирини 13 та медаль билан якунладик 0 10:05"Овчи"нинг UFC`даги жанги яна бекор қилинди 0 09:34WTA Ningbo Open. Камилла Раҳимова ҳам асосий тўрга йўл олди 0

19 sen 17:13
Yangiliklar

Futbol

Samarqandning "Dinamo"si Joel Kojoni "Istiqlol"ga 300 000 dollarga sotishni istamadi

Eronning "Istiqlol" klubi Samarqandning "Dinamo" klubidan Joel Kojoni sotib olishga urinib ko'rdi.

Biroq "Dinamo" qirg'izistonlik hujumchini 300 ming dollarga sotishga rozi bo'lmadi. Bu haqda Kojoning turmush o'rtog'i malum qildi. Malumotlarga ko'ra, Joelning tovon puli 1 million dollarga teng bo'lgan.

Kecha tunda Eronda transfer oynasi yopildi va endi Kojo "Dinamo"da qolishi aniq. Futbolchining Samarqand klubi bilan 2025 yil oxirigacha shartnomasi bor.

Futbolchining o'zi Qirg'iziston OAVga qisqa intervyu berdi: "Eng katta maqsadim hali oldinda. Biroq murabbiyim va klub rahbariyati kelib tushgan taklifni rad etishdi. Bu holat yuragimga og'ir botdi. Bu murabbiy va klub rahbariyati hayotimni barbod qilishdi.

Murabbiy va rahbarlarni menga nisbatan qilgan ish uchun olloh kechirmaydi. Men futbolga bo'lgan bor umidimni yo'qotdim, do'stlar, futbol o'ynash uchun umuman kayfiyat, xohishim yo'q", - dedi Kojo. 

"Menimcha, haqiqatni aytish kerak. Eron klubi transfer uchun 300.000$ taklif qildi. Tungi soat 00:30 ga qadar muzokara davom etdi. So'nggi lahzada "Dinamo" direktori murabbiy ko'rsatmasiga ko'ra shunchaki qo'ng'iroqlarga javob bermay qo'ydi. Murabbiy yil boshida agar kuchli klub Kojoga taklif bilan chiqsa uni qo'yib yuborishini va futbolchi uchun xursand bo'lishini aytgandi. O'shanda 100.000$ ga qo'yib yuborishga rozi bo'lgandi. Hozir esa 3 mart ko'p taklif qilishdi. Kun bo'yi ular bizni umidlantirishdi va so'nggi lahzada transfer amalga oshmay qoldi", - dedi futbolchining turmush o'rtog'i.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing