17 iyu 11:29
Yangiliklar
Samsonova Xertogenbosni zabt etdi
Musobaqa bosh sovrini dunyoning 15-raketkasi bo'lib kelgan Lyudmila Samsonovaga nasib etdi. Rossiyalik tennis malikasi final bahsida WTA reytingida 228-pog'onadan joy olgan kanadalik Byanka Andreeskuni 4/6, 6/3, 7/5 hisobida taslim etdi.
Lyudmila tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuviga kelib Byankani ilk bor mag'lubiyatga uchrata oldi - 1:2. Ikki soatu 28 daqiqa davom etgan bahsda Samsonova 2, Andreesku 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar va breyklar bir xil ko'rinishda chempion foydasiga bo'ldi - 5 ga 4.
Niderlandiyadagi bir haftalik mehnat Samsonovaga 250 reyting ochkosi hamda 30,650 evro mukofot puli keltirdi. Rossiyalik 25 yoshli tennischi faoliyatidagi beshinchi sovrinini qo'lga kiritdi.
Fikrlar