30 iyu 23:45
Yangiliklar
"Uimbldon-2026". Polina Kudermetova ishtirokidagi bahs 73 daqiqa davom etdi
Xabar berganimizdek, tarixda ilk bor O'zbekistonning bir yo'la uch tennis malikasi "Katta Dubulg'a" turnirining asosiy to'rida ishtirok etmoqda. Ularning ikki nafari biroz avval o'zlarining ilk uchrashuvlarini g'alaba bilan yakunlab, 1/32 final bosqichiga yo'l olishgan edi.
Afsuski, hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda WTA reytingida 113-pog'onada borayotgan mamlakatimizning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova dunyoning 41-raketkasi, rossiyalik Lyudmila Samsonovaga ikki setda ham bir xil hisobda imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi - 3/6, 3/6.
Polina asosiy to'r bahslariga saralash turniridagi uchta g'alabasi evaziga etib kelgandi. Kudermetova 3, Samsonova 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar vakilamizda ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi bo'ldi. Bugun rus tennischisi hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1.

Fikrlar