23 may 13:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Rahmonovning navbatdagi jang sanasi malum
Floyd Meyvezerga tegishli promouterlik kompaniyasi azosi bo'lgan Sanjar Rahmonov kelasi oy professional ringdagi navbatdagi jangini o'tkazadi.
CHarm qo'lqop ustamiz prof ringdagi hisob bo'yicha 15-jangini 28 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazadigan bo'ldi. Hozircha raqib malum emas. Sanjar saytimizga bergan xabarida raqib nomi bir hafta ichida aniq bo'lishini aytgan.
Eslatib o'tamiz, Rahmonov hozircha oxirgisi bo'lib turgan sakkiz raundlik jangida amerikalik Keyt Xanterga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Malumot uchun, hamyurtimiz prof boksdagi 14 ta jangidan 11 tasida (5 ta nokaut) g'alaba qozongan. Ikki bor mag'lubiyatga uchragan va bitta jangni durang bilan yakunlagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar