04 okt 11:15
Yangiliklar
Muaytay

Sanjar Zokirov bilan bir kardda jang qilgan Aslamjon Ortiqov sobiq chempionni mag'lub etdi
Xabar berganimizdek, bugun tongda Bangkok shahrida (Tailand) MMA, muay-tay, kikboks va greppling bo'yicha ONE Fight Night 36 turniri tashkil etildi.
ONE Fight Night 36 turnirining ikkinchi asosiy bahsi (co main event) yurtdoshimiz ishtirokida o'tdi. Tajribali muay-tay ustasi Aslamjon Ortiqov musobaqada Tailand vakili, Liganing sobiq chempioni Kongtorane bilan to'qnash keldi.
3 raundlik bellashuv to'liq davom etib, yakunda bahs g'olibligi Ortiqovga nasib etdi. Aslamjon raqibini hakamlar qaroriga ko'ra taslim etdi.
Bu orqali Ortiqov ONE FC Ligasidagi to'qqizinchi jangida to'qqizinchi g'alabasini nishonladi.
Avvalroq, turnir doirasida o'zbekistonlik MMA jangchisi Sanjar Zokirov Xitoy vakili Yong Xuni ochkolar hisobiga ko'ra yutgani haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar