08 may 08:49
Yangiliklar

Sankt-Peterburg Gubernatori kubogi. Birinchi kun bitta g'alaba, ikki mag'lubiyat FOTO
Kecha “Sankt-Peterburg Gubernatori kubogi”ning ilk kunida uch nafar charm qo'lqop ustamiz ringga ko'tarildi. Bokschilarimiz ishtirokini -60 kg vazn toifasidagi vakilimiz Otabek Xolmatov boshlab berdi. U mavrikilik Damien Xelleneni 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27,) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
SHundan so'ng -64 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Zoirjon Jumanazarov braziliyalik Oliveyra Vandersonga qarshi ringga chiqdi. Teng kurashlar ostida kechgan jangda hakamlar g'alabani Vandersonga taqdim etishdi - 1:4 (28:29, 29:28, 28:29, 27:30, 28:29).
Bokschilarimizning kechagi ishtirokini +91 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz Obidjon Tohirov yakunlab berdi. U ozarbayjonlik Magomed Abdullaevga qarshi ringga ko'tarildi. Qiziqarli kechgan jang yakunida hakamlar 3:2 (30:27, 30:27, 30:27, 28:29, 28:29) hisobidagi g'alabani ozar bokschisiga berishdi. Rossiyalik uch hakam jangda Magomed, Mo'g'uliston va meksikalik hakamlar esa Obidjon g'alaba qozonganini qayd etishgan.
Fikrlar