07 may 14:31
Yangiliklar
Boks/MMA

"Sankt-Peterburg gubernatori kubogi". Bugun uch nafar bokschimiz ringga ko'tariladi
Xabar berib o'tganimizdek, bokschilarimiz Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahridagi xalqaro turnirda ishtirok etadilar.
Bugun musobaqa doirasida dastlabki janglar tashkil etiladi. Biroz avval qura tashlash marosimi yakunlandi. CHarm qo'lqop ustalarimiz musobaqadagi dastlabki raqiblari nomini bilib olishdi.
Bugun o'tkaziladigan janglarda quyidagi bokschilarimiz ringga ko'tariladilar:
-60 kg: Otabek Xolmatov - Daniel Xellene (Mavrikiy)
-64 kg: Zoirjon Jumanazarov - Olivera Vanderson (Braziliya)
+91 kg: Obidjon Tohirov - Magomed Abdullaev (Ozarbayjon)
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 19:00 dan so'ng boshlanadi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar