11 may 23:03
Yangiliklar

"Sankt-Peterburg gubernatori kubogi"da umumjamoa hisobida birinchi bo'ldik
Musobaqada jahonning 20 ga yaqin mamlakatidan 120 dan ziyod charm qo'lqop ustasi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi. O'z tarixida o'ninchi marotaba tashkil etilgan bahslarda O'zbekiston terma jamoasi bokschilari ham ishtirok etishdi va musobaqa yakuniga ko'ra uchta oltin medal qo'lga kiritgan holda, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
Vakillarimizdan Abdumalik Xalakov (-56 kg), Iqboljon Xoldorov (-69 kg) va Kozimbek Mardonov (-81 kg) barcha raqiblarini mag'lub etgan holda shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi.
Oltin medallar:
O'zbekiston - 3 ta
Ozarbayjon - 2
Rossiya - 1
Armaniston - 1
Belarus - 1
Braziliya - 1
Kuba - 1
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar