26 may 12:06
Yangiliklar
Dzyudo
Sardor Nurillaev yarim finalda yutqazdi, u ham bronza uchun jang qiladi
Gonkongda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan dzyudochimiz Sardor Nurillaev -66 kg vazn toifasida yarim finalgacha etib bordi.
Yarim finalgacha bo'lgan janglarda Filippin, Saudiya Arabistoni va Qozog'istondan tashrif buyurgan raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan vakilimiz, final yo'llanmasi uchun bo'lib o'tgan jangda boshqa bir qozog'istonlik dzyudochi Eldosh Jumakanovga imkoniyatni boy berdi.
Endi u bronza medali uchun bo'ladigan bahsda Yaponiya vakili Tarox Fujisakaga qarshi gilamga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar