23 sen 14:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Meksikadagi zilzilada talofat ko'rganlar uchun 1 million dollar ajratdi
Ikki vazn toifasida jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvares Meksikadagi zilzilalarda talofat ko'rganlarga yordam ko'rsatdi.
Alvares uchta yuk mashinasida oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berdi va hattoki ularni yuklashga ham yordam berdi. Uning akasi Rigobertoning malum qilishicha, Saul oziq-ovqat, qurilish materiallari va dori-darmonlar uchun 1 million dollar ajratdi.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin Meksikada 7,1 ballik zilzila yuz bergandi. Bugungi kunga kelib zilzila qurbonlari soni 270 kishidan ortib ketdi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar