23 may 08:34
Yangiliklar
Boks/MMA, Qiziqarli!
Saul Alvares so'nggi bir yilda dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi bokschiga aylandi
Ikkinchi o'rta vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni meksikalik Saul Alvares Forbes jurnali talqini bo'yicha dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi bokschi bo'ldi.
Bu yil dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi sportchilar ro'yxatini tuzish uchun Forbes o'nlab sanoat rahbarlari, agentlar va boshqa xabardor shaxslar bilan suhbatlar asosida 2025 yil 1 maydan 2026 yil 1 maygacha bo'lgan davrda olingan daromadlarni kuzatib bordi.
Nashr malumotlariga ko'ra, meksikalik bokschi 2025 yilda taxminan 170 million dollar ishlab topgan. Yakuniy Top-50 talikka 29 yoshli mashhur amerikalik bloger va bokschi Jeyk Pol ham kirdi, u bu davrda taxminan 70 million dollar ishlagan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar