03 iyu 08:10
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/851_220.jpg)
Sensaciya. Amaldagi chempion “Uimbldon” turnirida mag'lub bo'ldi
Serbiyalik tennis yulduzi Novak Jokovich “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turnirini muddatidan avval tark etdi.
Dunyoning birinchi raketkasi bo'lgan Jokovich ushbu nufuzli musobaqaning amaldagi chempioni ham edi. Novak uchinchi davra uchrashuvida dunyoning 41-raketkasi amerikalik Sem Kueriga 6:7, 1:6, 6:3, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini to'xtatdi.
Serbiyalik tennischi “Katta Dubulg'a” turkumidagi turnirlarda so'nggi bor o'tgan yili “Rolan Garros” musobaqasida mag'lubiyatga uchragandi. SHuningdek, Jokovichning 30ta o'yindan iborat g'alabali seriyasiga ham barham berildi.
Sem Kuerri (AQSH) – Novak Jokovich (Serbiya, 1) – 7:6, 6:1, 3:6, 7:6
Havola :
Fikrlar