So’nggi yangiliklar

21:50Жавоҳир Синдаров: "Энди бемалол Counter-Strike ўйнасам бўлади" 0 20:55Эшитдик-да! Самвел Бабаян истеъфога чиқди 0 20:12"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров Накамура билан дуранг ўйнади 0 19:58Таэквондо. Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида илк медални қўлга киритдик 0 18:03Илия Топурия: "Пимблетт Гетжига ютқазганига ҳайрон бўлдим. У билан жангга тайёрланаётгандим" 0 17:00Рекордчи Жим Миллер UFC’даги 47-жангини ўтказади 0 16:39АПЛ клуби Нойерни нишонга олди 0 16:18Энтони Жошуа Фьюри билан эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 15:57Мераб Двалишвили йил охиригача иккита жанг ўтказади 0 15:36Тайсон Фьюри 2023 йилдан кейинги илк ғалабасини қўлга киритди 0 15:15Аёл мутахассис Бундеслига клубига бош мураббий бўлди 0 14:54Оқ уйдаги UFC турнири кардига Дональд Трамп ташаббуси билан яна бир жанг қўшилди 0 14:33Султонов рейтингда ўзидан 224 поғона юқоридаги рақибни таслим этди 0 14:12Жалоловда кумуш, Поёновда бронза, Жамалов эса медалсиз қолди 0 13:51Артета "Борнмут"дан қабул қилинган мағлубиятдан кейин "Арсенал" мухлисларига мурожаат қилди 0

22 mar 19:49
Yangiliklar

Tennis

Serbiyalik model: Jokovichni yo'ldan ozdirish uchun menga 60 ming evro taklif qilishgandi

Teglar :  Novak Jokovich
Serbiyalik model Natalya SHekich bir vaqtlar unga Novak Jokovichni pul evaziga aldash taklif qilinganligini aytdi.

"Men Londonda edim va bir yigit menga murojaat qildi. Bu yigitni taniqli menejer deb bilardim. U uchrashuv tayinladi va men buni model biznesi bo'yicha deb o'yladim. Tez orada adashganimni angladim.

U menga: "Novakni yo'ldan ozdirib, uni suratga olish kerak", - dedi. Men darhol bu hazil, qaerdadir yashirin kamera bor deb o'yladim.

Menejer 60 ming evro va dunyoning istalgan nuqtasiga sayohat qilishimni aytdi. Men kulib qo'ydim: "Bu hazilmi?". Yigit kulmadi va u juda jiddiy edi.

SHundan so'ng men o'zimni xo'rlangandek his qildim. Ular modellar haqida har xil gaplarni aytishadi, lekin men to'g'ri ishlashni xohlaydigan halol odamman. Menga pul uchun shu ishni qilishni taklif qilyapsizmi? - dedim. Men bu menejerga tarsaki tushirmoqchi edim, lekin biz jamoat joyida edik.

Men o'rnimdan turib ketdim. Umid qilamanki, bu taklifga boshqa hech kim rozi bo'lmadi. Jokovich mukammal, u oilaparvar sportchi sifatida namunadir", - deya SHekichning so'zlarini keltiradi Svet-Scandal.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing