24 apr 16:06
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fomin deyarli uch soatga yaqin dramatik uchrashuv o'tkazdi
Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha ITF M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin ham o'z mahoratini namoyish etyapti. Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan 1/8 final uchrashuvida qiyin g'alabaga erishdi. U 2 soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda Bekxan Altangerievni qiyinchilik bilan mag'lub etdi - 7/5, 4/6, 6/4.
Taqqoslash uchun, SHimkent turnirining birinchi raketkasi bo'lgan Fomin hozirda ATP reytingida 461, bugun jiddiy qarshilik ko'rsatgan 24 yashar Bekxan 994-o'rinni egallab turibdi. Sergey bugungi g'alabasi orqali yana bir hamyurtimiz Maksim SHin uchun ham "o'ch" oldi. Altangeriev kecha 1/16 finalda aynan SHindan uch set natijasiga ko'ra ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar