16 iyu 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Sexudo "akillaydigan masxaraboz" degan Petr Yanga "otvet" qildi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo yangi chempion Petr Yanning fikrlariga javob qaytardi.
Sexudo braziliyalik Joze Aldoni mag'lub etib, UFC chempioniga aylangan Pyotr Yanni tabriklagan, ammo ketidan uni o'zidan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi sportchi deb atagandi. Pyotr esa unga javoban akillaydigan masxaraboz mendan qochib ketdi degan edi.
"CHempionlik kamarimni ijaraga olib turgan sportchining meni chempionlik jangiga chaqirishi erish tuyulmoqda. Nima uchun SHon O’Melliga qarshi jang o'tkazmaysan? Bu pul topishning oson yo'liku!", — deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Sexudo.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar