11 iyu 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Sexudo Xabibni Getjining xavfli tomonlari haqida ogohlantirdi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo Jastin Getjining xavfli tomonlari haqida fikr bildirdi.
Bu bilan amerikalik aralash qoidalar ustasi Xabib Nurmagomedovni ogoh qildi. Toni Fergyusonni mag'lubiyatga uchratgan Jastin Getji Xabibning chempionlik kamariga rasmiy davogarga aylangan edi.
"Eng katta xavf bu Getjining loukik zarbalari. Jastin oyoqda bel va to'piqqa zarba berishga intiladi. Buni Getjining janglarini tomosha qilish orqali o'zingiz ham ko'rishingiz mumkin. Agar Xabib bu zarbalarni o'ziga qabul qilsa, oqibati yaxshi bo'lmaydi", — dedi Sexudo mashhur UFC sharhlovchisi Jo Roganning efirida.
Malumot uchun, 31 yoshli Xabib Nurmagomedov 28 ta jangning barchasida g'alabaga erishgan. Getji hisobida esa 22 ta g'alaba va 2 mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar