18 okt 15:10
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/21058_220.jpg)
SHahram G'iyosov: "Yaratilgan sharoitlar uchun rahbariyatga tashakkur"
Bugun boks bo'yicha jahon chempionatida sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan o'zbekistonlik bokschilar taqdirlandi.
Ushbu marosimdan so'ng Germaniyadagi jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan SHahram G'iyosov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bizning kamtarona ishimizga berilgan yuksak bahodan juda xursandmiz. Musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishimiz uchun bizga barcha shart-sharoitni yaratib berayotgan rahbariyatga tashakkur. Navbatdagi musobaqalarda jamoadoshlarimiz bilan birga yanada yaxshiroq qatnashishga harakat qilamiz", - deya jahon chempioni SHahram G'iyosovning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda qo'mita matbuot xizmati.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar